Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston plastik, rekonstruktiv va estetik jarrohlari jamiyatining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sohaning yetakchi mutaxassislari, tajribali jarrohlar, ilmiy xodimlar hamda tibbiyot oliygohlari professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida:
• zamonaviy plastik va rekonstruktiv jarrohlik usullari,
• estetik jarrohlikdagi innovatsion texnologiyalar,
• murakkab klinik holatlar tahlili,
• yosh mutaxassislar tayyorlash masalalari keng muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan ilmiy ma’ruzalar, klinik holatlar taqdimotlari hamda o‘zaro tajriba almashish sessiyalari tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilish O‘zbekistonda plastik va rekonstruktiv jarrohlik sohasining rivojlanishida muhim bosqichlardan biri sifatida e’tirof etildi.


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan