Toshkent davlat tibbiyot universitetiga xalqaro darajadagi yetuk mutaxassis, oliy toifali jarroh Kudzaev Kazbek Urusxanovich tashrif buyurdi.

Mehmonni universitet rektori, professor Shuxrat Boymuradov samimiy kutib oldi.

Tashrif doirasida tomonlar tibbiyot ta’limi, zamonaviy jarrohlik amaliyoti, ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv davomida tibbiyot sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, malakali kadrlar tayyorlash va tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlarga universitetning zamonaviy infratuzilmasi, o‘quv-amaliy jarayonlari, klinik bazalari hamda ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Mazkur tashrif Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.





Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan