
Ma’ruza davomida zamonaviy plastik va rekonstruktiv jarrohlikning dolzarb yo‘nalishlari, innovatsion operatsion texnologiyalar, murakkab klinik holatlarda qo‘llanilayotgan yangi usullar hamda estetik va rekonstruktiv jarrohlikdagi ilg‘or tajribalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, magistrantlar, klinik ordinatorlar hamda yosh shifokorlar faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar mutaxassis bilan ochiq muloqot olib borib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Mazkur ma’ruza tibbiyot sohasida xalqaro tajriba almashish, yosh mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda plastik jarrohlik yo‘nalishidagi zamonaviy yondashuvlarni keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.






