
Tadbirning kirish qismini Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Eldor Adilov ochib berdi. Mazkur xalqaro kongressda dunyoning turli mamlakatlaridan hamda mahalliy tibbiyot muassasalaridan plastik, estetik va rekonstruktiv jarrohlik sohasidagi 100 dan ortiq tan olingan ekspert va mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Kongress doirasida zamonaviy plastik va estetik jarrohlikning dolzarb muammolari, amaliyotdagi yangi yondashuvlar hamda innovatsion metodikalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar turli tibbiyot yo‘nalishlari kesimida taqdim etiladi.
Tadbir davomida xalqaro tajriba almashish, zamonaviy jarrohlik texnologiyalarini muhokama qilish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda sohadagi ilg‘or yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Silk Road – 2026” xalqaro kongressi tibbiyotning plastik va rekonstruktiv jarrohlik yo‘nalishida professional muloqot, ilmiy tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida e’tirof etilmoqda.







